Test sinovi maqsadi va afzalliklari
試験の目的とメリット

Maqsadi
目的

Yaponiyaning qishloq xo’jaligi ob’yektlarida ishchi kuchi tanqisligi sezilarli darajada jiddiylashmoqda. Shu sababli, Yaponiyaning qishloq xo’jaligi, yer maydonlarida muhim o’rin tutuvchi xorijiy ishchi kuchi kadrlarini jalb qilish uchun yangi yashash maqomi sifatida “Maxsus mahorat” ga muvofiqlik sertifikati ishlab chiqildi.

Chet-elliklarni maxsus mahorat dasturi asosida ta’lim olishidan tashqari, Yaponiya qishloq xo’jaligini qo’llab quvvatlash va rivojlantirish kabi mexanizmlarining o’sishi kutilmoqda. Chet-elliklarni ushbu loyiha asosida faoliyat yurita olishlari uchun Yaponiya hukumati tomonidan belgilangan qishloq xo’jaligiga oid bilim va ko’nikmalarga yetarlicha ega bo’lishlari, talab qilinadi.

Shu sababli, 2019 yildan boshlab, Qishloq, O’rmon Xo’jaligi va Baliqchilik Vazirligi tomonidan, chet-elliklarni Yaponiya davlatiga kelishidan avval, ulardagi bilim va ko’nikmalarni aniqlovchi va baholovchi (Qishloq Xo’jaligi boyicha mahorat testi) test sinovi, Milliy Qishloq Xo’jalik Palatasi tomonidan ishlab chiqildi.

Test sinovi 2 turdagi “Madaniy dehqonchilik” va “Chorvachilik” yo’nalishlarni o’z ichiga oladi. Shuningdek, ushbu test sinovi, qishloq xo’jaligini qo’llab-quvvatlash dasturini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan, yapon tili darajasini aniqlab, baholab beruvchi testni ham o’z ichiga oladi.

Afzalliklari
メリット

Ushbu test sinoviddan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar, Yaponiyada ish faoliyatini olib borish shartiga ko’ra “Qishloq xo’jaligida katta bilim yoki tajribaga ega bo’lgan mutaxassis” sifatida tan olinadi. Nomzodga qo’yiladigan talablar tartibi “■Dastur talablari” da umumlashtirib berilgan.

Ya’ni, nomzod ushbu yo’nalishlar bo’yicha Yaponiyada ish faoliyatini yuritishi uchun tegishli tashkilotlarga yollanishi zarurdir.