Dastur talablari
制度上の要件

  • Qishloq xo’jaligi sohasida maxsus mahoratga ega bo’lgan xorijiy kadrlarga belgilangan standartlar haqida
    • “Maxsus mahoratga” muvofiq, deb nomlanuvchi yashash maqomi (viza) ni qo’lga kiritib, qishloq xo’jaligida ish faoliyatini yuritish uchun qo’yilgan talablar quyidagicha:
  •     
  • “Yetarlicha bilim va tajribani talab etuvchi mahorat” turi haqida
    • Yuqorida ko’rsatilgan, 1 (3) bandidagi “Yetarlicha bilim va tajribani talab etuvchi mahorat” turiga quyida keltirilgan barcha bandlariga mos kelgan nomzodlar nazarda tutiladi. Shuningdek, yuqorida aytib o’tilgan nomzodlar, qishloq xo’jaligi sohasida yetarlicha bilim va mahoratdan tashqari, yapon tilida o’rgatilgan qishloq xo’jaligidagi buyurilgan yumushlarni tinglash va tushuna olish qobiliyati ham nazarda tutilgan.
      • <Madaniy dehqonchilik bilan shug’ullanganda>
        • Madaniy dehqonchilik yo’nalishiga bog’liq, mahorat amaliyotining 2 chi bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar.
        • Qishloq Xo’jaligi boyicha mahoratni aniqlash test sinovidan o’tgan nomzodlar (umumiy madaniy dehqonchilik).
      • <Chorvachilik bilan shug’ullanganda>   
        • Chorvachilik yo’nalishiga bog’liq, mahorat amaliyotining 2 chi bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar.
        • Qishloq Xo’jaligi boyicha mahoratni aniqlash test sinovidan o’tgan nomzodlar (umumiy chorvachilik).
  • “Yetarlicha yapon tili darajasiga ega bo’lish” haqida
    • Yuqorida keltirilgan “Yetarlicha yapon tili darajasiga ega bo’lish” 1 (4) bandida, nomzod ma’lum darajada, kundalik hayotda suhbat qura olishi va suhbatga kirishishi uchun tilda to’sqinlik qilmaydigan yapon tili darajasiga ega bo’lishi, nazarda tutilgan. Shuningdek, quyida ko’rsatilgan bandlarning har biriga mos keluvchi nomzodlardir.
      • Yaponiya Jamg’armasi tomonidan o’tkazilgan, belgilangan test sinovidan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar.
      • Yaponiya Jamg’armasi va Yaponiya Ta’lim Almashinuvi va Xizmatlari Assotsiatsiyasi tomonidan o’tkazilgan yapon tilini bilish testidan (N4 va undan yuqori) o’tganlar.
      • Mahorat amaliyotining 2 chi bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar.