Yaponiyada test sinovi o’tkazilishi to’g’risida
日本国内での試験の実施について

Maxsus mahorat dasturi doirasida, “Madaniy dehqonchilik” yoki “Chorvachilik” yo’nalishlari bo’yicha ish faoliyati yuritiladi. Yaponiyada “Madaniy dehqonchilik” bilan shug’ullanib kelayotgan shaxs, ish faoliyatini “Chorvachilik” yo’nalishiga, aksincha “Chorvachilik” faoliyati bilan shug’ullanayotgan shaxs, ish faoliyatini “Madaniy dehqonchilik” yo’nalishiga o’zgartirmoqchi bo’lsa, u yoki bu yangi yo’nalish bo’yicha Yaponiyada test sinosidan o’tish imkoni mavjud.

Shuningdek, Yaponiyada boshqa turdagi yashash maqomi(viza)ga ega bo’lganlar, maxsus mahoratga muvofiq bo’lgan yashash maqomi(viza)ni qo’lga kiritishlari uchun test sinovlarini topshirishlari mumkin. Test topshirish huquqiga ega bo’lish uchun quyida keltirilgan, test sinovi tartibi bilan tanishib chiqing.

Test sinovi tartibi

<Test sinovi o’tkaziladigan tillar>
1.Yapon tili
2.Ingliz tili
3.Kxmer tili
4.Indonez tili
5.Burma tili
6.Tay tili
7.Vetnam tili
8.Nepal tili
9.Mo’g’ul tili
10.Xitoy tili